Portugaliya va Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari. Pireneyda anomal issiqning uchinchi to‘lqini kuzatilmoqda
Ispaniya va Portugaliya favqulodda xizmatlari minglab gektar maydonlarni qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari bilan kurashishda davom etmoqda. Pireney yarimoroliga jazirama havoning yangi to‘lqini kirib keldi va bu yong‘inlar tez tarqalishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Foto: EPA
Portugaliya fuqarolik mudofaasi milliy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning markaziy va janubiy qismlarida yong‘inga qarshi kurash ishlari uchun mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchi va 12 samolyot jalb etilgan.
Ayni vaqtda 800 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi qarshi kurashayotgan o‘rmon yong‘ini shanba kuni Alenteju regionidagi Odemira munitsipalitetida boshlangan, ammo keyin janubga, Portugaliyaning asosiy sayyohlik yo‘nalishlaridan sanalgan Algarve tomon yo‘nalgan.
Yuqori harorat va kuchli shamol olov bilan kurashishni qiyinlashtirmoqda, yong‘in allaqachon yetti ming gektarga yaqin maydondagi o‘rmonlarni yo‘q qilgan. Dushanba kuni kechqurun Odemira osmoni qoraygan va havoga ulkan tutun buluti ko‘tarilgan. Odemira shahri meri Helder Gerreyro vaziyat kritik darajada ekanini ma’lum qilgan.
Rasmiylarning xabarlariga ko‘ra, xavfsizlik nuqtayi nazaridan 19 kishloq, to‘rtta sayyohlik bazasi va kemping evakuatsiya qilingan. Bir qancha yo‘llar, jumladan Lissabon va Portuni bog‘lovchi A1 trassasining bir qismi yopilgan.
Ko‘plab olimlar o‘rmon yong‘inlarini inson faoliyati hisobiga kuchaygan iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘lashadi.
Va Ispaniya va Portugaliyada bu yozda yong‘inlar ko‘lami odatdagi uzoq muddatli o‘rtacha ko‘rsatkichlardan pastroq bo‘lsa-da, kompyuter modellari ko‘rsatishicha, kelajakda issiqlik to‘lqinlari chastotasi katta ehtimol bilan oshadi. Tabiiyki, zarur himoya choralari ko‘rilmasa, o‘rmon yong‘inlari yuzaga kelishi xavfi ham ortadi.
Olimlarning baholariga ko‘ra, sanoatlashish davri boshlanganidan buyon Yer yuzida o‘rtacha harorat taxminan Tselsiy bo‘yicha 1,1 darajaga ko‘tarilgan va yaqin kelajakda ham ko‘tarilishda davom etadi.
Bu hafta Pireney yarimorolining katta qismida harorat +40°C dan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Dushanba kuni Santaren shahridagi meteostansiya bu yildagi eng yuqori haroratni qayd etdi – 46,4°C.
Dushanba kuni Portugaliya meteorologiya agentligi IPMA mamlakatning olti hududi, jumladan Lissabonda, jaziramaning yangi to‘lqini yaqinlashayotgani munosabati bilan «qizil trevoga» e’lon qildi.
Hukumat Portugaliyaning 120 dan ortiq munitsipalitetlarda o‘rmon yong‘inlari xavfi yuqori ekanini e’lon qildi.

Dushanba kuni Ispaniyada uchta o‘rmon yong‘inini nazoratga olishga muvaffaq bo‘lindi, dam olish kunlari bu yong‘in o‘choqlari 1000 gektardan ortiq hududdagi o‘rmonlarni yo‘q qilgan, ammo mamlakatning ko‘plab hududlarida hali ham jazirama saqlanib qolmoqda: Ispaniyaga shu yozning o‘zida anomal issiqning uchinchi to‘lqini yopirilgan.
Ispaniya meteorologiya agentligi Aemet ma’lumotiga ko‘ra, janubdagi Andalusiya, markazdagi Kastiliya-La-Manche va g‘arbdagi Estremadurada xavfning to‘qsariqrang darajasi e’lon qilindi, chunki bu hafta ayrim joylarda havo harorati +43 darajaga chiqishi kutilmoqda.
Infoca o‘t o‘chirish xizmatiga ko‘ra, yakshanba kuni Atlantika okeani sohilidagi Kadis shahridan (bu Ispaniyaning sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan joylaridan biri) 10 km masofada chiqqan yong‘in yarimtunda o‘chirilgan.
Dam olish kunlari Uelva shahridan janubi-g‘arbdagi 450 gektar maydonni qamrab olgan boshqa bir yong‘in ham ayni vaqtga kelib nazorat ostiga olingan.
Dushanba kuni Kataloniya o‘t o‘chiruvchilari regiondagi yong‘in o‘chog‘i allaqachon nazoratga olingani haqida ma’lum qildi, ammo o‘rmon xo‘jaligi vakilining so‘zlarimga ko‘ra, 600 gektar hududdagi o‘rmonlar yonayotgan joylarda hamon 30 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar bo‘linmalari qolayotganini bildirgan.
Kataloniya va Andalusiya – yong‘in paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratadigan qurg‘oqchilikdan eng ko‘p aziyat chekadigan ikki regiondir.
Yevropa o‘rmon yong‘inlari axborot tizimi Effis ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Ispaniyada 70 ming gektardan ortiq o‘rmon va butazorlar yonib ketgan. Bu borada mutlaq rekord o‘tgan yili qayd etilgandi, o‘shanda yong‘inlar 300 ming gektar yerni qamrab olgandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
Sport | 10:12
-
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi
Sport | 09:17
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
Mavzuga oid

00:35 / 03.04.2025
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi

22:56 / 24.03.2025
Shimoliy Karolinada o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda

14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi

17:32 / 23.03.2025