01:09 / 01.02.2021
10694

«Barselona» Messi bilan tuzilgan yarim milliard yevrolik shartnomaga munosabat bildirdi

Foto: El Mundo

«Barselona» jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan tuzilgan shartnomaning suratlari tarqalib ketgach, bu borada munosabat bildirdi. Bayonot klub rasmiy saytida e'lon qilindi. Oldinroq El Mundo gazetasida Messi klub bilan imzolangan 2017 yildagi shartnomaga ko‘ra 4 yil davomida 555 million yevro maosh olishi haqida yozilgandi.

«El Mundo gazetasida e'lon qilingan ma'lumot tarqalib ketganidan klub afsusda ekanini ma'lum qilamiz. Chunki bu ikki tomon o‘rtasida tuzilgan yopiq shartnoma hisoblanadi. «Barselona» bu ma'lumot tarqalishida aloqasi borligini rad etib, El Mundo gazetasiga qarshi sud tartibida harakatni boshlaydi.

«Barselona» Messini har qanday holatda qo‘llab-quvvatlaydi. Lionel klubda o‘ynab, futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylandi va biz uning imijiga salbiy ta'sir qilishlariga yo‘l qo‘ymaymiz», deyiladi klub rasmiy saytida.

Top