17:16 / 01.02.2021
4539
Texnikumlarda o‘qish o‘quv yilining yarmidan boshlangan bo‘lsa-da, shartnoma puli to‘liq undirilayotganiga izoh berildi

Oliy va o‘rta ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida texnikumlarda o‘qish yanvar oyidan, ya'ni o‘quv yilining yarmidan boshlangan bo‘lsa-da, shartnoma pullari birinchi yarim yillik uchun ham to‘liq undirilgani, oliy ta'lim muassasalarida bo‘lgani kabi chegirma berilmayotganiga izoh berdi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

«O‘qish yanvardan boshlangani bilan keyingi o‘quv yili boshlangunga qadar texnikumlarda 2020–2021 yilgi o‘quv dasturlari to‘liq yakuniga yetkaziladi. Ya'ni, qo‘shimcha o‘zgartirishlar va o‘qituvchilarning yuklamalarini oshirish hisobiga va belgilangan miqdordagi o‘qituvchilarning yuklamalari bajarilishi hisobiga xarajatlar shunga mos ravishda ketadi.

Texnikum o‘quvchilari ham mana shu o‘quv yilini to‘liq o‘zlashtirgan hisoblanib, o‘quv yili qo‘shimcha muddat talab qilgan holda, iyul-avgustda ham o‘qish davom etadi va mana shu o‘quv yiliga kirib ketadi. Shu sababli to‘liq o‘quv yiliga to‘lov-kontraktlari to‘latilgan», deya Abduvali Xoliqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top