Texnikumlar o‘qituvchilari malakasini tizimli oshirish maqsadida prezidentning PQ–316-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra:

• umumta’lim fanlari o‘qituvchilari A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti va hududiy pedagogik mahorat markazlarida tayyorlanadi;
• maxsus fanlar o‘qituvchilari yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradi;
• ishlab chiqarish ta’limi ustalari hududiy ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hamda tegishli sohalar bo‘yicha malaka oshirish tashkilotlarida o‘qitiladi.

Qarorga muvofiq, har yilgi malaka oshirish jarayonida yuqori samara ko‘rsatgan 50 nafar pedagog — ishlab chiqarish ta’limi ustasi, umumta’lim va maxsus fan o‘qituvchilari — xorijiy ta’lim muassasalari va markazlarida qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Bu tashabbus pedagog kadrlarning zamonaviy metodikalarni o‘zlashtirishi, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, texnikumlarda o‘quv jarayoni sifatini oshirishga xizmat qiladi.