09:58 / 12.02.2021
5955
«Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

2021 yil 10 fevral kuni «Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilot sifatida Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi xabar bermoqda.

Klub faoliyatining asosiy maqsadi sifatida:

  • yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
  • intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish;
  • yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va rivojlantirish;
  • respublikaning turli hududlaridagi zakovatli yoshlar uchun fikr almashish imkoniyatini yaratish;
  • ta'lim muassasalarida intellektual to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish;
  • professional va havaskor bilimdonlar ishtirokida intellektual loyihalarni amalga oshirish kabilar belgilandi.

Avvalroq, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi yig‘ilishida «Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat tashkilotini tuzish haqida qaror qabul qilingani xabar berilgandi.

Top