«Bugun fond Vasiylik kengaşi yiğilişida «Zakovat» intellektual klubi nodavlat notijorat taşkiloti tuziş haqida qaror qabul qildik», - deb yozadi u Telegram’dagi kanalida.

Komil Allamjonovning qayd etişiça, yaqin kunlarda uşbu klubning sayti taqdim etiladi va unda «Zakovat»ga a'zo böliş tartibi, öyin qoidalari, tadbirlar jadvali e'lon qilinadi.

«Barça bilimli yoşlarni klubga taklif qilamiz!» - deydi Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi.

Mass-media fondi Vasiylik kengaşi raisi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Gender tengligini ta'minlaş böyiça komissiyasi a'zosi Saida Mirziyoyeva ham bu haqdagi yangilikni e'lon qildi.

«Mass-media fondi Vasiylik kengaşi «Zakovat» loyihasini yangi poğonaga kötariş maqsadida  «Zakovat» intellektual klubi NNT ta'sis etiş haqida qaror qabul qildi.

Xotin-qizlarni bu ajoyib intellektual öyinda faol qatnaşib, öz potensiallarini namoyiş etişga çaqiramiz», - deb yozadi u.

Avvalroq, Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva «Zakovat» loyihasini öz otaliğiga olgani xabar berilgandi.

Undan avval esa, «Milliy» telekanali «Zakovat» namoyişini töxtatgani ma'lum bölgandi.

Dastur muallifi Abdurasul Abdullayev «Milliy» telekanali muassisi Komil Allamjonov bilan bu masala böyiça uçraşganini bildirdi.

«U «Zakovat» efirdan olinganligidan bexabar bölganini, bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topganini, bilimga çanqoq yoşlar talabi albatta inobatga olinişi zarurligini bildirdi. Özi hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan «Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi» homiyligi ostida «Zakovat»ni qayta tiklaş, yanada boyitiş, sovrin uçun hatto avtomobil qöyiş taklifini aytdi», - degandi Abdurasul Abdullayev.