23:19 / 17.02.2021
4134
AQShda shimoliy koreyalik uch haker 1,3 mlrd dollarni o‘g‘irlashda ayblandi

Ayblov 2018 yilda Kaliforniya shtatida boshlangan sud jarayoni doirasida e'lon qilindi. O‘shanda adliya vazirligi hakerlardan biriga 2014 yilda Amerikaning Sony Pictures kinokompaniyasi serverlarini buzish ayblovini e'lon qilgandi.

AQSh adliya vazirligi shimoliy koreyalik uch hakerga nisbatan kiberhujum orqali 1,3 mlrd dollardan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlash ayblovini e'lon qildi. Bu haqda AQSh adliya vazirining yordamchisi Jon Demers ma'lum qildi.

Ayblov 2018 yilda Kaliforniya shtatida boshlangan sud jarayoni doirasida e'lon qilindi. O‘shanda adliya vazirligi hakerlardan biriga 2014 yilda Amerikaning Sony Pictures kinokompaniyasi serverlarini buzish ayblovini e'lon qilgandi.

2014 yil noyabrda hakerlar Sony Pictures serverlariga kiberhujum uyushtirgan va maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlagan: internetga hali prokatga chiqmagan filmlar, Jyeyms Bond haqidagi yangi film ssenariysi hamda kompaniya rahbariyatining shaxsiy yozishmalari joylangan.

Bundan tashqari, hakerlar KXDR rahbari Kim Chen Inga qarshi fitna to‘g‘risidagi "Intervyu" (The Interview, 2014) filmi namoyishi vaqtida teraktlar sodir etilishi mumkinligi to‘g‘risida tahdidli xabar qoldirishgan.

Top