21:10 / 21.02.2021
4902
A Seriya. «Inter» derbida yirik hisobda g‘alaba qozondi

Italiya A Seriyasi 23-turi doirasida mavsumning eng muhim uchrashuviga aylanishi mumkin bo‘lgan o‘yin o‘tkazildi.

Turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan «Inter» va «Milan» o‘rtasidagi uchrashuvning 5-daqiqasida Lukakuning uzatmasidan keyin Lautaro hisobni ochdi – 0:1.

Bo‘lim yakuniga qadar rasmiy mezbonlarda hisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsa-da, Konte jamoasi tanaffusga g‘olib sifatida chiqdi. 

57-daqiqada esa «Inter» navbatdagi qarshi hujumni golga aylantirdi. Bu safar Pereshichning uzatmasini yana o‘sha Lautaro golga aylantirdi - 0:2. 

66-daqiqada esa katta sahnaga Lukaku chiqdi. Romelu katta tezlikda jarima maydoni ichiga yorib kirib, kuchli zarbasi bilan Donnarummani ojiz qoldirdi – 0:3.

«Milan derbisi»da juda muhim g‘alabaga erishib, eng asosiy raqobatchisini mag‘lub etgan Antonio Konte shogirdlari ochkolari sonini 53taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Milan» bilan farqni 4 ochkoga yetkazishdi. 

A Seriya. 23-tur
Milan – Inter 0:3
Gollar
: 0:1 – 5 Martines, 0:2 – 57 Martines, 0:3 – 66 Lukaku.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Ker, Romanoli, Teo, Salemakers (Rafael Leau, 67), Tonali (Meyte, 67), Chalhano‘g‘lu, Kessie, Rebich, Ibrahimovich (Kastilexo, 75).
Inter – Handanovich, Shkrinyar, Bastoni, de Vrey, Hakimi (Yang, 83), Eriksen (Galyardini, 78), Barella, Brozovich, Perishich (Darmian, 78), Martines (Sanches, 79), Lukaku.

Top