11:00 / 25.02.2021
3667
O‘zbek o‘quvchilarining ikkinchi guruhi UWC global maktabiga qabul qilindi

Eriell Group va Enter Engineering kompaniyalari iqtidorli o‘zbek o‘quvchilariga dunyoqarashlarini kengaytirish va chet elda o‘qish imkoniyatini beruvchi dasturni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqdalar.

Eriell Group («ERIELL») xalqaro neft konlariga xizmat ko‘rsatish guruhi va O‘zbekistondagi eng yirik EPC pudratchilaridan biri bo‘lgan Enter Engineering Pte Ltd («Enter») kompaniyalari o‘zlarining tashkiliy va moliyaviy ko‘magida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning ikkinchi guruhi United World Colleges (UWC) kollejiga muvaffaqiyatli qabul qilinganlarini ma'lum qiladi.

UWC O‘zbekiston Milliy Qo‘mitasi («UWC Uzbekistan») O‘zbekiston Respublikasida iqtidorli o‘quvchilarga dunyoqarashini kengaytirish va butun dunyo bo‘ylab UWC maktablarida o‘qish imkonini beradi. Ushbu dastur ERIELL va Enter tomonidan moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanyapti hamda unga ERIELL va Enter boshqaruv kengashi raisining maslahatchisi, UWC O‘zbekiston Milliy Qo‘mitasi raisi Nigora Ibadova rahbarlik qilmoqda.

UWC O‘zbekiston nazorati hamda ERIELL va Enter kompaniyalarining doimiy ko‘magi ostida o‘tgan ko‘p bosqichli murakkab tanlovdan so‘ng 182 nafar nomzod orasidan 3 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi quyidagi o‘rinlarni muvaffaqiyat bilan qo‘lga kiritishdi:

  • UWC Dilijan (Armaniston) – 2 talaba;
  • UWC Li Po Chun (Gonkong) – 1 talaba.

Ushbu uch o‘quvchi, to‘rt nafari 2020 yil sentyabr oyida Italiya, Hindiston, Gonkong va Buyuk Britaniyadagi UWC maktablarida o‘qishni boshlagan va to‘rt nafari o‘qishni keyingi yilga ko‘chirgan sakkiz nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilardan iborat birinchi guruhning izidan yurmoqdalar.

ERIELL Group va Enter Engineering boshqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov shunday dedi:

«Men Armaniston va Gonkongdagi UWC maktablarida o‘qish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘lga kiritgan ushbu uch o‘quvchini tabriklayman. Ularning O‘zbekistonning ajoyib vakillari bo‘lishiga shubham yo‘q.

O‘zbekiston demografik nuqtai nazardan Yevroosiyoning eng yosh davlatidir. Bizning ERIELL va Enter kompaniyalarimiz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarning ta'lim olishiga va ularning yangi imkoniyatlarga erishishiga qaratilgan siyosatini hamda «2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e'lon qilish bo‘yicha tavsiyasini qat'iy qo‘llab-quvvatlaydilar».

1962 yilda tashkil etilgan va to‘rtta qit'ada mavjud 18 ta UWC maktablar tizimida hozirda 160 dan ortiq mamlakatdan 10786 o‘quvchi tahsil oladi. UWC maktablari tajribalar asosida bilim olishga asoslangan Xalqaro bakalavr diplom dasturining (IBDP) yuqori akademik standartlarini jamoat ishlari va ochiq havoda ishlashga ustuvor ahamiyat berish bilan to‘ldiradi.

Iordaniya Qirolichasi Nur – UWC'ning amaldagi prezidentidir. Dastur bitiruvchilari orasida Kanadaning Bosh vaziri o‘rinbosari va yaqinda Kanadaning moliya vaziri etib tayinlangan Xristiya Frilend va Ben & Jerry's kompaniyasining sobiq bosh direktori Yosteyn Solxeym bor.

ERIELL Group va Enter Engineering kompaniyalari Matbuot xizmati

Top