13:59 / 01.03.2021
6267

Samarqandda «Spark» urib yuborgan voyaga yetmagan qiz hodisa joyida vafot etdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida tezlikni me'yordan oshirgan «Spark» haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan qizni urib yuborgan. Jabrlanuvchi hodisa ro‘y bergan joyning o‘zida vafot etgan.

IIV YHXBB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 26 fevral kuni 17:30 larda Urgut tumani hududidan o‘tuvchi M39 xalqaro yo‘li va Bulung‘ur shahrini bog‘lovchi 4R47 M39-Urgut-Bulung‘ur avtomobil yo‘lining 65-66 kilometri oralig‘ida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda – voyaga yetmagan qizni o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Urgut tumanida yashovchi Sh.Q. boshqaruvidagi davlat raqami 30W 527 UA bo‘lgan «Spark» mashinasi urib yuborgan. Ma'lum bo‘lishicha «Spark»ning tezligi belgilangan me'yordan oshiq bo‘lgan. Shu sababli haydovchi sekinlashishga ulgurmagan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Ta'kidlanishicha, hozirgi paytda hodisa yuzasidan Urgut tuman IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top