17:15 / 04.03.2021
3323
Samarqandda mast kishi aroq shishasi bilan «ulfat»ining boshiga urib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi
Foto: Tergov departamenti

Samarqand tumanida spirtli ichimlik ichib mast bo‘lgan shaxs «ulfat»ining boshiga aroq shishasi bilan urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 1 mart kunidan 2 mart kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda Samarqand tumani Sho‘rboycha mahallasi hududida joylashgan oshxonada 48 yoshli Yu.O. tanishi 34 yoshli S.B. bilan birga spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast bo‘lgan.

Shundan so‘ng, «ulfatlar» o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqadi va Yu.O. «shishadoshi» S.B.ning boshiga aroq shishasi bilan urgan. Oqibatda S.B. o‘zini boshqara olmay bino yerto‘lasiga yiqilib tushadi va hodisa joyida vafot etgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yu.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Top