16:00 / 08.03.2021
2272
Artel kompaniyasi O‘zbekiston ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi

Artel kompaniyasi yurtimizning nafis ayollarini go‘zallik ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Foto: Artel

Bahor fasli kirib kelgan bo‘lsa-da, uning haqiqiy go‘zalligi va latofati aynan Xalqaro xotin-qizlar kunida namoyon bo‘ladi va avjiga chiqadi.

Qalblari mehr-muhabbat, ezgulik va nurga to‘la, go‘zal, nafis va fidoyi ayollarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish o‘zbekistonliklar uchun buyuk qadriyat, chiroyli an'anadir. Munis ayollar, dilbar qizlar! Siz hayotimiz mazmunga to‘la va go‘zal, yurtimiz obod bo‘lishining asosiy sababchisisiz.  

Artel korxonasi qadrli ayollarimizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi. Muhtaram ayollar, Artel sizga baxt-saodat, sog‘lik-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaydi. Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan ezgulik hissi, nur va shodlik, mehr-muhabbat hech qachon arimasin. Bayramingiz muborak.

Artel kompaniyasi

Reklama huquqi asosida

Top