16:48 / 12.03.2021
4536
«Intellekt» rukni: Shahnoza Muhamedova ham eng yaxshi izoh egalarini tanlab oldi

Kun.uz'ning «Intellekt» ruknida intervyu bergan tadbirkor Shahnoza Muhamedova ko‘rsatuv videosi ostida qoldirilgan izohlar orasidan eng yaxshilarini tanlab oldi.

Kun.uz 2020 yil so‘ngida muvaffaqiyatli insonlar haqida hikoya qiluvchi «Intellekt» ruknini yo‘lga qo‘ygandi. Ruknning o‘ziga xosligi – uning qahramonlari YouTube'dagi suhbat videosi ostiga qoldirilgan izohlar orasidan o‘zlariga eng yoqqan izohlarni tanlab, ularning egalariga sovg‘alar berib borishadi.

Rukn mehmonlaridan biri – tadbirkor Shahnoza Muhamedova uch nafar g‘olibga quyidagi sovg‘alarni taqdim etishga qaror qildi:

  • 1-o‘rin: «Biznes Rivoj» tashkil etadigan o‘quv kurslarida o‘qish uchun yo‘llanma-sertifikat (istalgan kurs uchun)
  • 2-o‘rin: Kitoblar jamlanmasi, «Biznes Rivoj» brend sumka va suvenirlar;
  • 3-o‘rin: «Biznes Rivoj» brend suveniri va futbolka.

Loyiha mehmoni quyidagi uch nafar g‘olibni tanlab oldi.

1-o‘rin
2-o‘rin
3-o‘rin

Tanlangan izohlar egalaridan o‘z sovg‘alarini olish uchun loyihaning Telegram'dagi maxsus botiga (t.me/forintellekt_bot) murojaat qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq INTELLEKT rukni mehmoni bo‘lgan tadbirkorlar Hikmat Abdurahmonov va Dinara Hakimova ham sovg‘alar taqdim etish uchun uch nafardan eng yaxshi izoh egalarini aniqlashgandi.

Top