INTELLEKT ruknining bu galgi soni xotin-qizlarning şaxs sifatida şakllanişi va rivojlanişi yölidagi imkoniyat va tösiqlarga bağişlandi. Rukn mehmonlari – kinorejissyor Muxlisa Azizova, bloger Şahnoza Soatova va hokim örinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Durdona Rahimova.

«Eng muhimi, qizlarni öqitiş va öz-özini qadrlaşni örgatiş»

Muxlisa Azizova, Özbekiston milliy kinokomissiyasi raisi, rejissyor:

— Nazarimda, qizlarning hayotga bölgan motivatsiyasi bolaligidan boşlanadi. Qiz uçun eng katta avtoritet bu – uning otasi. Ular kelajakda ham turmuş örtoq sifatida öz otasidek fe'l-atvorli insonni tanlaşi psixologlar tomonidan isbotlangan. Ota qiz farzandning hayotida, uning ruhiyatida juda katta ahamiyatga ega.

Şu sababli qizlar va ayollar muammolari haqidagi aksariyat ijodiy işlarimda otalarga katta urğu beraman. Otalar ayolini xörlab, qizini erkalatsa va qizimga yaxşi tarbiya beryapman deb öylasa, xato qiladi.

Muxlisa Azizova

Qizlarga özligini, öz hissiyotlarini tanişni örgatiş kerak. Qiz bola, kelin doim jilmayib turişi kerak degan narsa – stereotip. Unga nimadir yoqmayotgan bölsa-yu, u zohiran kulib tursa, bu narsa qaçondir portlaşga olib keladi.

Qizlarni öqitiş şart. Ular şaxs sifatida şakllanganidan keyingina turmuşga beriş kerak. Çunki turmuş qurdi degani hayoti yaxşi bölişiga kafolat emas, ertaga nima bölişini heç kim bilmaydi. Hammasi yaxşi bölişiga işonganimizda ham, oila qurayotgan qiz mustaqil va şakllangan şaxs bölişiga e'tibor qiliş kerak.

Kuzatuvlarga köra, har bir oilada muayyan payt krizis davri böladi. Ya'ni er-xotin örtasida ziddiyat paydo böladi. Ana şu krizisdan aynan şaxs sifatida şakllanib ulgurgan insonlar yaxşiroq ötib ketişadi. Bunda er va xotin örtasidagi dialog muhim ahamiyatga ega.

«Biz xotin-qizlarning eng oddiy, elementar huquqlarini sörayapmiz»

Şahnoza Soatova, adliya vazirining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi, bloger: