«Tarixiy özlikni anglaşga uriniş kuçaygani – sönggi ön yilliklarda Özbekistonda röy bergan eng muhim özgarişlardan biri», – deydi Toşkentga ilk marta talabalik paytida kelgan Helena Freyzer.
– Ötgan yili BMTning Toşkentdagi vakolatxonasi ötkazgan tadbirda siz Özbekistonga ilk marta 90-yillar boşlarida kelganingiz haqida aytib bergandingiz. Öşa vaqtdagi taassurotlaringizni tomoşabinlarimiz bilan ham örtoqlaşsangiz.
– Ha, albatta. Şunday qilib, men birinçi marta Özbekistonga kelganimda talaba edim. Meni ilhomlantirgan va öqişim bilan boğliq joylarga boriş uçun sayohat stipendiyasi yutgandim. Markaziy Osiyoga 1993 yilda kelganman. Öşa sayohat menda katta taassurot qoldirgan. Dastlab Buyuk Britaniyadan Moskvaga, keyin Toşkentga, u yerdan esa Ulan-Batorga parvoz qilgandik. Keyin esa biz Çingizxon qoldirgan tarixiy yöllardan yurib, quruqlik orqali ğarbga tomon yöl yurdik, ya'ni Möğuliston ğarbidan Qozoğistonga borişga harakat qildik, bu unçalik ham oson bölmagan. Yoş bölganimiz tufayli köp narsalar haqida sodda fikrlar edik, öşa paytda çegaralarda vaziyat murakkab bölganidan bexabar bölganmiz. Oxir-oqibat, Möğuliston çegaraçilari bilan bölgan öziga xos va qiziqarli muzokaralardan söng çegarani kesib ötişga muvaffaq bölganmiz.
Möğulistondan Qozoğistonga kirib, Olmaotaga yöl oldik. U yerda avtobusga ötirib, Özbekistonga keldik. Men Özbekistondagi ajoyib tarixiy şaharlarni körişdan, bu mamlakat va mintaqaning madaniy merosi va tarixiy boyligini körişga muyassar bölganimdan juda xursand böldim, hayratlandim, hayajonlandim. Biz Samarqand, Buxoro, Şahrisabz şaharlarini ziyorat qildik. Söng Qirğiziston orqali Xitoyning Qoşğar şahriga yetib bordik, söngra Pokiston orqali Dehligaça bordik. Şunday qilib, biz haqiqatan ham tarixiy Buyuk ipak yölidan yurib sayohat qilgandik.
– Özbekistonga birinçi taşrifingiz 1993 yilda bölgan ekan. Oradan 20 yilça vaqt ötib, siz yana Özbekistonga keldingiz. Bu ikki davrdagi Özbekistonni taqqoslay olasizmi?

– Ötgan yillar davomida Özbekiston ayniqsa qadimiy tarixi bilan yana birlaşayotgani meni juda xursand qiladi. Yoşlarga bir neça ming yillik tarix, madaniyat, ilmiy bilimlarni tuşuntirişga, Özbekistonda tuğilib, keyinçalik Hirotga, Boğdodga köçib ötib, buyuk olimlar, gumanistlar va Islom dinining buyuk şaxslariga aylangan kişilarning ahamiyatini anglaşlari uçun qilinayotgan sa'y-harakatlar menda katta taassurot qoldirdi. Şu hududdan yetişib çiqqan allomalar global miqyosda ilm-fan va jahon adabiyotiga ulkan hissa qöşdilar. Men uçun aynan şu, ya'ni tarixiy özlikni anglaşga uriniş kuçaygani – sönggi ön yilliklarda Özbekiston röy bergan eng muhim özgarişlardan biridir.
Şubhasiz, Özbekistonda bölganimning sönggi 4 yilida biz juda tezkor özgarişlarni kördik. Esimda, koordinator sifatida iş boşlaganimda mendan oldin bu lavozimda işlagan hamkasbim Toşkentda yaxşi kofe topiş juda qiyin degandi, çunki hamma asosan çoy içadi. Hozir esa hamma joyda ajoyib qahvaxonalar bor. Toşkentda mazali kofe topiş endi muammo emas. Şunday qilib, biz 3 yil oldin boşlangan bozor islohotlari mamlakatdagi imkoniyatlarni qanday röyobga çiqarganini kördik. Garçi, albatta, hukumat ilgari surgan maqsad va vazifalarning barçasini amalga oşiriş uçun hali köp vaqt zarur böladi.
Yana nimalar özgarganiga töxtalsak, menimça, bu – oçiqlik hissi. 28 yil oldin Özbekistonga ilk marta kelganimda, hamma joyda juda köp politsiyaçilar bor edi. Ehtimol, çet elliklarga xavotir bilan qaraşgandir. Masalan, çet ellik talaba bölganim uçun meni ayğoqçi sifatida qabul qilgan bölişlari ham mumkin, lekin, albatta, aslida unday emasdi. Men şunçaki bu ajoyib mamlakatga keliş uçun stipendiya olişga muvaffaq bölgan edim, ammo baribir, bu şunçaki oddiy narsa emas edi. Bilasizmi, öşa paytda Özbekistonga sayyohlar hozirgidan ança kam kelardi, ular asosan guruh bölib kelib, muayyan mehmonxonalarda qolişardi. Bugunga kelib esa bu butunlay özgardi. Mamlakatning turizmga oçiqligi juda ajoyib. Politsiya sayyohlarni kuzatişdan köra köproq ularga yordam beradi. Şunday qilib, men mamlakatingizda juda köp yaxşi özgarişlarni kördim.
– Suhbatimizni gender tengligi mavzusi bilan davom ettirsak. Ötgan yildan boşlab, gender tengligi jamoatçilik faol muhokama qilayotgan mavzulardan biriga aylandi. Bu boradagi qaraşlaringiz bilan örtoqlaşsangiz.
– Albatta. Menga Özbekiston hukumati kun tartibida gender tengligi muhim ahamiyat kasb etgan davrda bu yerda işlaş nasib qildi. Avvaliga, gender tengligi masalasiga jiddiy qaraşimning sababini tuşuntirsam. Gender tengligi – nafaqat ijtimoiy adolat, huquqlardan foydalaniş, balki iqtisodiy ösiş demakdir. Xalqaro valuta fondi öz global ma'lumotlariga asoslanib, ayollar va erkaklardagi imkoniyatlar örtasidagi farqni minimumga tuşiriş mamlakat yalpi içki mahsulotini 35 foizga oşirişi mumkinligini körsatadigan tadqiqotni e'lon qilgan. Bu juda katta miqdor.
Özbekiston aholisining katta qismini yoşlar taşkil etadi. Bu yerda iş izlayotgan yoşlar köp. YuNISEF ma'lumotlariga köra, Özbekistondagi yoşlarning 53-54 foizi kasbiy tayyorgarlikdan ötmaydi. Gender farqni körib çiqsangiz, bu juda katta. Agar biz uşbu guruhdan 19 yoşdan 30 yoşgaça bölgan ayollarni çiqarib taşlasak, bu 74 foizgaça ösadi. Ya'ni uşbu yoş toifasidagi ayollarning aksariyati işlamaydi, öqimaydi yoki kasb-hunar ta'limini olmaydi.
Ayollar va qizlar öz mamlakatlari ravnaqiga hissa qöşişi uçun ularning erkaklar bilan bir xil huquq va imkoniyatlarga ega bölişlarini ta'minlaş juda muhimdir. BMTning uşbu pozitsiyasi taşkilotning asosiy hujjatlarida ham qayd etilgan. Çunki ayollarni munosib şaroitlarda kasbiy faoliyatga jalb qiliş, ularning ijtimoiy himoyasi, soğliqni saqlaş va ta'lim oliş imkoniyatlarini oşiriş – jamiyat rivojlanişiga, iqtisodiyotning ösişiga yordam beradi. Qolaversa, kelajakda bizning izimizdan ergaşadigan va mamlakat rivojiga öz hissasini qöşuvçi bolalar avlodini tarbiyalaşga yordam beradi.
– Ayollarni öz ustida işlaşga qaysi omillar yordamida rağbatlantiriş mumkin?

– Öylaymanki, qöllab-quvvatlovçi muhit yaratiş bolaning erta yoşligidan boşlanadi. Ota-ona avvalo farzandlariga işonç bildirişi, şu bilan birga öğil va qiz bolalarga bir xil imkoniyat yaratişi zarur.
Qizlarning ham öz orzulari bölişiga imkon beriş lozim. Masalan, mening orzum Markaziy Osiyoga sayohat qiliş edi. Öşa paytda ota-onam menga: «Bu sayohat xavfli, sen qiz bolasan, yolğiz borolmaysan», deyişi mumkin edi. Ular esa aksinça: «Omad senga, qizim! Ehtiyot böl, biz senga maqsadlaringga erişiş uçun bor kuçingni sarflaşni örgatdik. Soğ-salomat qaytib kelgin», deyişgan.
Bunday ota-ona – bolalar uçun ajoyib sovğa. Bu borada omadim kelgan. Biz köp bolali oilamiz: ota-onam, 5 qiz va bir öğil. Şunga qaramay, hammamizda bir xil imkoniyat bölgan. Şuning uçun bu juda muhim lahza.
Biz BMTda butun dunyo miqyosidagi ma'lumotlarni körib çiqamiz, ular har doim bir xil muammolarga işora qilmoqda: biz avvalo ta'lim va soğliqni saqlaş xizmatlaridan öğil va qizlar teng foydalanişiga erişişimiz zarur.
Biz turli jamiyatlarda qizlar öz oldilarida turgan köplab tösiqlarni yengib ötişiga erişişimiz kerak. Bu juda qiyin: buning uçun oilalar, jamiyatlar boşqaça fikrlay boşlaşi, hukumatlar mavjud diskriminatsiya va tösiqlarni bartaraf etişga imkon beradigan siyosatni olğa surişlari zarur.
Bilasiz, bugungi kunda Özbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat ilğorlaşgan. Masalan, maktabgaça ta'limni rivojlantiriş harakatlari. Bu nafaqat bolalar uçun, balki avvalgi işiga qaytişi yoki yangi iş topişi mumkin bölgan onalar uçun ham juda yaxşi. Bunday siyosat ayollarning normal işlaşi uçun şaroit yaratib beradi.
Bola parvarişi haqida ham töxtalmoqçiman. Bola parvariş qiliş uçun erkaklar ham ayollar kabi maxsus ta'tilga çiqiş huquqiga ega bölişi kerak. Masalan, Şvetsiya bu borada ança ilğor, bu yerda erkaklar va ayollar bola tuğilgandan keyin ota-ona ta'tilini bölişişadi. Bola parvarişlaşni erkaklar ham öz zimmasiga olişi – qizlarning kamsitilişi kamayişiga ham xizmat qiladi. Bundan taşqari, bolalarga otalari bilan köproq vaqt ötkaziş imkonini beradi. Şu orqali ayollar ham mehnat bozoriga qaytiş va mamlakat iqtisodiyotiga hissa qöşişi mumkin böladi. Demak, bundan heç kim yutqazmaydi.
– Ayollarni şaxs sifatida rivojlanişga undovçi omillar nimalar bölişi mumkin?
– Bu savolingizga javobni qisman aytib ötdim. Bu – siyosiy nuqtayi nazarni özgartiriş, stereotiplar va kamsitişlarni yöq qiliş kabi omillar.
Ayollar xoh siyosatçi, xoh qaror qabul qiluvçi amaldor yoki tadbirkor sifatida hayotimizda töliq iştirok etişi uçun ularga qulay huquqiy muhit zarur. Ayollar özlarining biznes ğoyalarini amalga oşiriş uçun erkaklar bilan teng moliyaviy imkoniyatlarga ega bölişlari kerak. Öz bizneslarini himoya qiliş uçun qonun oldida ham bir xil huquqlari bölişi zarur. Ular öz huquqlaridan foydalanişi uçun bola parvarişi institutlari va ta'lim imkoniyatlari bölişi kerak. Bularning köpi Özbekistonda amalga oşirilmoqda. Yaqinda qabul qilingan gender tenglikka oid yangi qonun qulay huquqiy bazani yaratiş yölidagi juda muhim qadam böldi.
Ammo masalaning boşqa tomoni – stereotiplar va kamsitişlarga qarşi kuraşiş ham kerak. Bunda nafaqat ayollar, balki erkaklar ham faol bölişi zarur. Biz bilamizki, Senat raisi Norboyeva xonim gender tengligini faol himoya qiladi, ammo bizga bu ğoyalarni faol tarğib qiladigan erkaklar ham kerak. Bizga gender tengligi mamlakat uçun, jamiyat uçun va bolalar uçun foydali ekaniga işonadigan yetakçi erkaklar kerak. Va menimça, bu qadam har doim biroz qiyinroq. Ammo buni albatta röyobga çiqariş mumkin deb öylayman. Men gender tengligiga qat'iy işonadigan erim borligidan faxrlanaman.
– Ayol baxti uçun qaysi jihatlarni muhim deb hisoblaşingiz haqidagi fikrlaringiz bilan örtoqlaşsangiz.
– Men uçun baxt – öz işim orqali jamiyat hayotiga hissa qöşayotganimni his qilib yaşaş, şu bilan birga ona sifatida, rafiqa sifatida zavqlanib hayot keçirişdir. Boşqalarning hayotini yaxşilaş uçun hissa qöşayotganimdan baxtiyorman. Men Birlaşgan Millatlar Taşkilotida işlayman, BMT har doim juda muhim narsalarni qöllab-quvvatlaşiga işonaman. BMT – mamlakatlar xalqiga barqaror rivojlaniş, inson huquqlari, tinçlik va xavfsizlikka erişiş uçun qölidan kelganiça yordam berişga intiladi.
Aytmoqçimanki, men jamiyat rivoji uçun hissa qöşayotganimni his qilişimdan baxt tuyaman. Ammo faqat bu emas, yaxşi ona, yaxşi turmuş örtoq bölişga, oilamga ğamxörlik qilişga intilayotganim tuyğusi ham menga baxt beradi. Farzandlar barkamol voyaga yetişi – biz ota-onalarning vazifamiz.
– BMT ayollar hayotini yaxşilaş va gender tengligini qöllab-quvvatlaş böyiça qanday işlarni amalga oşirmoqda?
– BMTning mamlakatlardagi jamoalari gender tengligi ustida köp işlar qiladi. Çunki bu – taşkilotimizning asosiy tamoyillaridan biridir. Biz gender tengligisiz barqaror rivojlaniş bölmaydi deb hisoblaymiz. Ayollarning jamiyat hayotidagi faol iştiroki, imkoniyatlardan foydalanişi va özlariga mos yönalişda jamiyatga hissa qöşişiga erişmasdan turib, 2030 yilga belgilangan maqsadlarimizni amalga oşira olmaymiz.
BMT Özbekiston hukumatining gender tengligiga erişiş böyiça milliy intilişlarini doim qöllab-quvvatlab keladi. Biz parlament a'zolari va vazirliklar özlari qabul qilayotgan qarorlarining ayollar hayotiga ta'sirini baholaşi zarur, deb hisoblaymiz. Qabul qilinayotgan qarorlar yaxşilab öylangan bölişi kerak va gender tengligi böyiça e'lon qilingan siyosatga muvofiq bölişi lozim, şunda u erkaklar va ayollarga birdek manfaatli böladi.
Şuningdek, biz hukumat ayollar töğrisida yetarliça statistik ma'lumot berişini qöllab-quvvatlaymiz. Çunki ayollarning alohida ehtiyojlari, ular qarşisidagi tösiqlarni tuşuniş – hukumatga yaxşi siyosat olib borişiga yordam beradi. Bu juda muhim masala. Va bu yönalişda juda köp işlarni amalga oşiriş kerak.
Qolaversa, biz hukumatni genderga asoslangan zöravonlik muammosini hal qilişda qöllab-quvvatlaymiz. Agar biz gender tengligiga erişmoqçi bölsak, bu mavzuga alohida e'tibor qaratişimiz kerak. Zöravonlikka duç kelganlar yuridik yordam va kerak bölsa boşpana olişlari, ularning xavfsizligi ta'minlanişi zarur. Zöravonlik jabrlanuvçilari qayta oyoqqa turişlari va yana töliq hayot keçirişlari, mamlakat rivojiga öz hissalarini qöşişlari uçun barça imkoniyatlarni işga solişimiz kerak.
BMTning barça tuzilmalarida gender ölçovlar bor. Masalan, Xalqaro mehnat taşkiloti Özbekistondagi majburiy mehnat bilan boğliq vaziyatni monitoring qiliş asnosida, paxta teruvçilarning aksariyati ayollar ekaniga e'tibor qaratib keladi. Ular – mavsumiy işçilar. Majburiy mehnatga barham beriş masalasiga yeçim izlayotganda nega bu ayollar paxta terişga kelişayotgani, ularning daromadlari, ijtimoiy himoyasi kabilarni tuşunib oliş muhimdir.
Nafosat Tojiboyeva suhbatlaşdi.
Tasvirçi – Otaxon Yusupov
Montaj ustasi – Mirvohid Mirrahimov











