Jamiyat | 15:05 / 14.03.2021
9956
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Navoiyning yana bir asari ozarboyjon tilida nashrdan chiqdi

Alisher Navoiyning «Mah­bub ul-qulub» asari ozorboyjon tiliga o‘girildi. Asarni ozarboyjonlik tarjimon Ramiz Asqar tarjima qilgan.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan Kun.uz'ga ma'lum qilishlaricha, kitob ozarboyjon tilida, mutafakkir tavalludining 580 yilligi munosabati bilan Bokuda chop etilgan.

Ma'lumot uchun, Ozarboyjonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, filologiya fanlari doktori, tarjimon Ramiz Asqar bir necha yillardan beri o‘zbek adabiyotining bir qator na­mu­­nalarini ozarboyjon tiliga o‘girib kelmoqda.

U bungacha Alisher Navoiyning «Xam­sa» («Hay­rat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Maj­nun», «Sa­b'ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dos­ton­­larini) asarini ham ozarboyjonchaga o‘girgan.

Shuningdek, Husayn Boyqaroning «De­­von»ini, Zahiriddin Mu­ham­mad Bo­bur­ning saylanma asarlari va «Boburnoma»­sini ham ozarboyjon tiliga tarjima qilgan.

Ramiz Asqar o‘zbekistonlik za­mondosh sho­ira Xosiyat Rusta­movaning «Majnuntol» ki­to­bini ham o‘z ona tiliga o‘gi­rib, kitobga so‘zboshi, qayd va sharhlar yozgan, lug‘atlar tuz­gan.

Mavzuga oid