13:16 / 19.03.2021
3544
Shavkat Mirziyoyev: Toshkent viloyatining salohiyati poytaxtnikidan 1,5 barobar yuqori 

Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, davlat rahbari Toshkent viloyatining salohiyati poytaxtnikidan 1,5 barobar yuqori ekanini aytgan.

“Bir narsani bilinglar – hech bir viloyatda Toshkent viloyatichalik iqtisodiy imkoniyatlar yo‘q. Toshkent viloyati salohiyati Toshkent shahridan 1,5 barobar yuqori. Buni kecha bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va hokimlarga bittalab tushuntirib, hisoblab berdim. Biz bu salohiyatdan foydalana olmayapmiz, desak haqiqat bo‘ladi. Men ham hokim bo‘lganman, bugungidek imkoniyatlar u payt yo‘q edi”, dedi prezident.

Avvalroq, Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi etib tasdiqlangani xabar qilingandi.

“Afsuski, Toshkent viloyatida hokimlar maktabini yarata olmadik. Davron Hidoyatovni men har xil ishda sinab ko‘rdim. Vazir bo‘ldi, Chilonzor tumaniga hokim, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari bo‘ldi. U mening nomzodim, agar sizlarda boshqa nomzod bo‘lsa bemalol aytinglar, ochiqcha muhokama qilishga tayyorman”, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Top