16:00 / 27.03.2021
23332
Nest One shamolga qarshi

Bino qanchalik yuqoriga qarab ko‘tarilib borgani sari, qurilish bosqichlari shunchalik qiziqarli tus oladi. 2020 yil iyun oyida Nest One ko‘p funksional majmuasining asosiy binosi – 51 qavatli turar joy majmuasining poydevoriga asos solindi va bugunga kelib u qanday tarzda 18 ta qavatga yuqoriga ko‘tarilganini kuzatishingiz mumkin. Mamlakatdagi birinchi osmono‘par bino qurilishi yonidan o‘tib ketayotganlar va avtomobildagi yo‘lovchilar – barchaning nigohlari binoning eng baland nuqtasiga ko‘tarilganining guvohi bo‘lishingiz mumkin, u yerda logotip o‘rnatilgan katta inshootni ko‘radilar

Barcha bosqichlarda ishonchlilik va xavfsizlik har qanday qurilish sifatining asosiy mezonidir. Nest One majmuasining qurilishi bizning qurilish bozorimizda shu paytgacha o‘xshashi bo‘lmagan alohida e'tibor va eng yuqori xavfsizlik standartlarini talab etadi.

Balandlik oshib borishi bilan shamol tezligi ham oshishi hamma uchun kundek ravshan, chunki havo harakatlanganda pastki qatlamlar yer yuziga yetib borib sekinlashadi, balandlikda esa, bu ta'sir faol ravishda kamayadi, binobarin bu havo oqimi kuchining oshishiga olib keladi. Shu bilan birga, doimiy shamollar va boshqa ob-havo sharoitlari qurilish ishlarini bajarish shartlariga sezilarli darajada ta'sir qiladi.

Bunyod etilayotgan bino balandligi va perimetri bo‘yicha ishlayotgan odamlarning xavfsizligini ta'minlash qurilish ishlari vaqtida eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatdagi birinchi osmono‘par bino hozirda qurilayotgan yuqori qavatlarning fasadi bo‘ylab shamoldan himoya qiluvchi maxsus ekranlarni o‘rnatgan. Birinchi navbatda, shamoldan himoya qilish tizimi xodimlar uchun yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlaydi, ishning front qismini ob-havoning noqulay sharoitlaridan himoya qiladi, shu bilan ish samaradorligini oshiradi va qurilish-montaj ishlarining beqiyos sifatini ta'minlaydi.

Nest One qurilishda 150 yillik tajribaga ega bo‘lgan Avstriyaning Doka shamoldan himoya qilish tizimidan foydalanadi, bu uzoq vaqt davomida o‘zining samaradorligini yirik xalqaro loyihalarda isbotlab kelmoqda. Tizim 3,5 qavatning sirtini qoplashni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan – bu taxminan 14 metrni tashkil etadi va 140 km/soatgacha bo‘lgan shamol oqimining bosimiga bardosh bera olish qobiliyatini anglatadi. Shamoldan himoyalovchi ekranlar qurilish davom etish jarayonida gidravlik qurilmalar yoki an'anaviy minora krani yordamida ko‘tarilib boradi.

Shamoldan himoyalovchi ekranlar – bu metalldan gofrirovka qilingan panellar ko‘rinishidagi to‘siqlar. Monolit ramkani shakllantirish bo‘yicha ishlarning front qismini aynan ular atmosfera uchun tabiiy bo‘lgan shamol, yomg‘ir va qordan himoya qiladi. Ko‘pincha ekranlardan foydalanish maxsus harorat va namlik rejimining saqlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu qurilish materiallari to‘g‘ri qattiqlashishi va quritish jarayoniga, shuningdek, quruvchilar jamoasi a'zolarining qulayligi va xavfsizligi uchun zarurdir. Shuningdek, panellar qurilish materiallari yoki asboblarning qulashi xavfining oldini oladi, bu bilan odamlarni va ko‘p qavatli binoga yaqin turgan hududlarni himoya qiladi.

Funksional va qulay xavfsizlik to‘siqlari qurilish uchun maqbul sharoitlarni yaratishga yordam beradi va shu bilan barcha ishlarning o‘z vaqtida bajarilishini ham ta'minlaydi.

Nest One osmono‘par binosi nafaqat poytaxtimizning markazida joylashgan ko‘p funksiyali majmuaning kelajakdagi aholisi uchun qulaylik va ishonchlilikdir, balki bugungi kunda uni yaratish ustida ishlayotganlar uchun ham qulaylik va xavfsizlikni anglatadi.

Agar siz O‘zbekistondagi birinchi osmono‘par bino qurilish jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istasangiz, havoladan foydalanib yakshanba kungi ekskursiyalarga yozilishingiz yoki nestone.uz saytiga kirib, o‘rnatilgan videokameralar orqali real vaqt rejimida qurilish maydonchasining umumiy ko‘rinishini tomosha qilishingiz mumkin.

Yagona koll-markazi: +99871-200-22-88

Savdo ofisi: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi, 1a/1

Mo‘ljal: Lukoil Uzbekistan ofisi

Sayt: nestone.uz

Facebook: fb.com/nestone.uz

Instagram: @nestone.uz

Youtube: youtube.com/c/nestoneuz

Reklama huquqi asosida

Top