17:10 / 31.03.2021
5044

Ochiq muloqot: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi yoshlar bilan uchrashdi

Foto: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” mavzusidagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi a'zolari, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning tarkibidagi korxonalar yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqi va 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturida yoshlar siyosati bo‘yicha ilgari surilgan qator tashabbuslari ijrosini ta'minlashga qaratildi.

Yurtboshimiz ushbu yo‘nalishda belgilab bergan vazifalarning dolzarbligini inobatga olib, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “Rahbar va yoshlar” turkumidagi bir qator uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirgan. Ularda elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat olib borayotgan yoshlarning g‘oya va intilishlari, ularni qiziqtirib kelayotgan muammo va masalalarni o‘rganish, yoshlarning ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab olinadi.

“IES” AJ rahbariyati bu kabi uchrashuvlarni ochiq muloqot tarzida o‘tkazish vositasida yosh kadrlarning jamiyat hayotidagi ishlarda yanada faol ishtirok etishini ta'minlash, navqiron avlod vakillarining o‘z salohiyati hamda tashabbuslarini namoyish etishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Uchrashuv doirasida yosh mutaxassislarni ishlab chiqarish jarayoni va elektr energetikasi sohasida zamonaviy va energosamarador texnologiyalar joriy etish loyihalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent issiqlik elektr stansiyasiga tashrifi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati

Mavzuga oid
Top