Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 20 yoshli qiz va uni qutqarmoqchi bo‘lgan erkak Zarafshon daryosiga cho‘kib ketdi

Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi 20 yoshli qiz Karmana tumani hududidagi ko‘prikdan Zarafshon daryosiga o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Uni qutqarmoqchi bo‘lgan 46 yoshli erkak ham cho‘kib, vafot etdi.
Kun.uz'ning aniqlashicha, 2 aprel kuni Navbahor tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan D.A. Karmana tumani hududidagi ko‘prikdan o‘zini Zarafshon daryosiga tashlagan. Karmana tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan, «Qizilqum» Geologiya qidiruv korxonasi ishchisi bo‘lgan Sh.P. uni qutqarib qolmoqchi bo‘lib, ortidan suvga tushgan. Oqibatda ikkisi ham cho‘kib, vafot etishgan.
Voqea joyiga Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv otryadi yetib borgan. Soat 15:25 da cho‘kib ketganlar topilib, suvdan olib chiqilgan. Ma'lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navbahor tumanida yashovchi 31 yoshli ayol eri uni o‘g‘il tug‘maslikda ayblab kelgani uchun o‘zi va 3 nafar qizini poyezd ostiga tashlagandi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025