Kuni kecha Samarqand viloyati FVBga 112 tizimi orqali murojaat kelib tushgan.
Unda Jomboy tumani «Toshkent» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosining qirg‘og‘ida ikki nafar voyaga yetmagan fuqaro qolib ketganligi va ularga amaliy yordam zarurligi aytilgan.
Xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga borib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatgan.







