22:00 / 06.04.2021
8070
AQShda hipertovushli raketa sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlangani ma'lum qilindi

Raketa Boeing B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyotidan uchirilishi kerak bo‘lgan.

AQSh harbiy-havo kuchlari AGM-183A ARRW hipertovushli raketasi sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlanganini xabar qildi, deb yozadi CNN.

Xabarda aytilishicha, raketa Boeing B-52 Stratofortress bombardimonchi samolyotidan uchirilishi kerak bo‘lgan.

«Ammo raketa ucha olmadi va samolyotda qoldi, samolyot Kaliforniyadagi «Edvards» aviabazasiga qaytib keldi», deyiladi AQSh harbiy-havo kuchlari bayonotida.

Harbiylar muvaffaqiyatsizlik sabablarini o‘rganib chiqib, raketani qaytadan uchirishga urinib ko‘rishadi. Ular raketa tovush tezligidan 20 baravar tezroq uchishini kutishmoqda, deb yozadi CNN.

 2020 yil sentyabrda Amerika harbiylari ikkita hipertovushli raketa prototipini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi. Keyinroq Pentagon Amerika piyoda qo‘shinlari 2023 yilda hipertovushli qurol bilan ta'minlanishini ma'lum qildi.

Top