02:03 / 07.04.2021
9069
YeChL. «Real» «Liverpul»ni, «Manchester Siti» «Borussiya» Dortmundni mag‘lub etdi, Vinisiusda dubl
Foto: Twitter/ChampionsLeague

Chempionlar Ligasida chorakfinal bahslariga start berildi. 

«Real» Madridda «Liverpul»ni qabul qilib, Vinisius Juniorning dubli va Marko Asensioning goli evaziga g‘alaba qozondi. Yagona javob to‘pi Muhammad Saloh hisobiga yozildi. 

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Borussiya» Dortmund bilan bahs yuritib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Kevin de Bryuyne va Fil Fodenning gollariga Marko Roys bir bor javob berdi.

Ushbu juftliklarda javob bahsi 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 

YeChL, 1/4 final, 6 aprel
Dastlabki o‘yin

Real — Liverpul 3:1
Gollar:
Vinisius Junior (27, 65), Asensio (36) — Saloh (51). 
Real – Kurtua, Nacho, Mendi, Militao, Vaskes, Modrich, Kazemiro, Asensio (Valverde, 70), Kroos, Vinisius Junior (Rodrigo, 85), Benzema. 
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Fillips, Roberson, Qoboq (Firmino, 81), Mane, Veynaldum, Jota (Shakiri, 81), Fabino, Saloh, Keyta (Alkantara, 42).
Ogohlantirishlar: Mane (39), Vaskes (49), Tiago Alkantara (56), Aleksander-Arnold (83).

Manchester Siti — Borussiya D 2:1
Gollar:
de Bryuyne (19), Foden (90) — Roys (84).
Manchester Siti – Ederson, Kanselu, Diash, Uoker, Stounz, de Bryuyne, Gundo‘g‘an, Bernardu Silva (Jyezus, 59), Rodri, Mahrez, Foden. 
Borussiya D – Hits, Morey (Myone, 81), Akanji, Hummels, Gerreyru, Bellingem, Jan, Knauff (Reyna, 63), Daud (Dileyni, 81), Roys, Holand.
Ogohlantirishlar: Jan (30), Bellingem (37).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentyabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top