14:37 / 08.04.2021
2188
Yil boshidan buyon 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik ishlash uchun xorijga chiqib ketdi

2021 yil boshidan buyon O‘zbekistondan 10 mingga yaqin mehnat migranti xorijda ishlash uchun chiqib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Foto: RIA Novosti

Ma'lum qilinishicha, agentlik tomonidan 9 465 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi. Shundan:

  • 8034 nafari Rossiya Federatsiyasiga;
  • 1285 nafari Qozog‘iston Respublikasiga;
  • 143 nafari Janubiy Koreyaga (mehnat shartnomalarini qayta tiklash hisobiga); 
  • 3 nafari BAAga yo‘l oldi.

Tashqi mehnat bozoridagi 220ta salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ulardagi 64 ming 954ta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi.

O‘zbekistondagi kasb-hunar markazlarida 13 ming 427 nafar fuqaro o‘qishga jalb qilindi, deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, Moskvada ishlashni xohlovchilar patentni Toshkentda rasmiylashtirishi mumkin bo‘lgani xabar qilingandi

Top