21:31 / 12.04.2021
1951
Fransiya maxsus xizmatlari mamlakat ta'lim vazirligiga kiberhujumlar Rossiya va Xitoydan amalga oshirilgan deb hisoblamoqda

Hozircha kiberhujumlar amalga oshirilgan kompyuterlar joylashgan mamlakatlargina aniqlangan. Tergovchilar bu hujumlarda Rossiya yoki Xitoy fuqarolari ishtirok etganmi-yo‘qmi va buyurtmachi kim bo‘lganligini aniq ayta olishmadi.

Foto: Annette Riedl/DPA/Legion Media

Fransiya maxsus xizmatlari o‘tgan haftada mamlakat ta'lim vazirligi tarkibidagi masofaviy ta'lim milliy markazi (Cned) saytiga ko‘psonli kiberhujumlar Rossiya va Xitoydan amalga oshirilgan, deb hisoblamoqda. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Agence France-Presse xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, hozircha kiberhujumlar amalga oshirilgan kompyuterlar joylashgan mamlakatlargina aniqlangan. Tergovchilar bu hujumlarda Rossiya yoki Xitoy fuqarolari ishtirok etganmi-yo‘qmi va buyurtmachi kim bo‘lganligini aniq ayta olishmadi.

Avvalroq Le Journal du Dimanche gazetasi Cned serverlari DDoS-hujumlarga duch kelgani haqida xabar bergandi. Markaz rahbari Mishel Revershon-Biyo bir haftadan buyon bir-biridan kuchli 30ga yaqin kiberhujum bo‘lganligini aytgan.

Hakerlar hujumi karantin boshlanishi sababli Fransiyadagi maktablarning masofaviy ta'limga o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatning qator hududlaridagi foydalanuvchilar markaz saytiga ulanishda muammolarga duch kelgan.

Top