14:28 / 14.04.2021
3118
Misrda yo‘lovchi avtobus yonib ketishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Avtobus neft mahsuloti olib ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Misrda yo‘lovchi avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi natijasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda El Balad nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yuk mashinasi neft mahsuloti olib ketayotgan bo‘lgan.

Asyut provinsiyasida sodir bo‘lgan mazkur halokat oqibatida 20 kishi hayotdan ko‘z yumgan va 3 kishi jarohatlangan.

Qutqaruv ishlariga 30dan ortiq tez yordam mashinasi jalb qilingan.

Top