18:15 / 17.04.2021
4982
Lukashenko koronavirusga qarshi emlanmoqchi emasligini aytdi

Lukashenko matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, yaqinda olingan tahlillar uning qonida yetarli miqdorda antitanalar mavjudligini ko‘rsatgan.

Foto: president.gov.by

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kasal bo‘lib tuzalganidan keyin yetarlicha miqdordagi antitanaga egaligi sababli koronavirusga qarshi emlanmoqchi emasligini aytdi.

Lukashenko matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, yaqinda olingan tahlillar uning qonida yetarli miqdorda antitanalar mavjudligini ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, Belarus rahbari ilgari grippga qarshi ham emlatma olmagan.

Lukashenko Belarusdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda kasallik yuqtirish holatlari bir yarim baravarga o‘sishi kutilgandi, ammo bu taxmin noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Belarus prezidentining fikricha, kasallik yuqtirganlar sonining avvalgi darajada ushlab turilishi respublikada yetarlicha miqdorda vaksina ishlab chiqarish imkoniyatini bergan.

Top