00:59 / 18.04.2021
14052
Koronavirusga qarshi O‘zbekiston olimlari yaratayotgan 2 vaksina JSSTning nomzod-vaksinalar ro‘yxatiga kiritildi

O‘zbekiston olimlari koronavirusga qarshi ishlab chiqqan ikki vaksinaning klinik oldi sinovlari o‘tkazilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligidan ma'lum qilishlaricha, o‘zbek olimlari tomonidan yaratilayotgan quyidagi ikki vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kiritilgan:

  • Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining koronavirus S oqsili asosidagi rekombinant vaksinasi;
  • Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazining SARS-Cov-2ning oqsil bo‘lagining uch sohasi: pcDNA3. 1 (+) plazmidasiga qo‘yilgan NTD, RBD va HR1-HR2 vaksinasi.

Bu haqda 17 aprel kuni Respublika Maxsus komissiyasi yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov ham aytib o‘tdi.

«Xudo xohlasa, yil oxirigacha sog‘liqni saqlash xodimlarimiz o‘zimizning vaksinani aholimizni vaksinatsiya qilish jarayonida ishlatish uchun taklif etishlariga shubha yo‘q», – dedi Aripov.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top