21:09 / 20.04.2021
16213
AQSh Rossiya hujum qilgudek bo‘lsa, Ukrainani qurollantirishni rejalashtirmoqda

Ushbu reja hozircha Baydenga taqdim etilmagani aytilmoqda. Shu bilan birga, ma'muriyat Rossiyaga qarshi qo‘shimcha iqtisodiy choralar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Foto: Reuters

AQSh ma'muriyati Ukrainaga qurol berish rejasini ishlab chiqmoqda, ammo prezident Jo Bayden rejani hozircha tasdiqlamadi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

 Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, «Bayden ma'muriyati xodimlari Rossiya hujum qilgan taqdirda Ukrainaga harbiy yordam berish imkoniyatini tayyorlamoqda». Ma'lumot berilishicha, bu yordam «tanklarga, kemalarga va havo hujumiga qarshi tizimlarni o‘z ichiga oladi».

 Ushbu reja hozircha Baydenga taqdim etilmagani aytilmoqda. Shu bilan birga, ma'muriyat Rossiyaga qarshi qo‘shimcha iqtisodiy choralar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

 AQSh hukumatining taxminiga ko‘ra, hozir Ukraina chegarasida 80 mingga yaqin rossiyalik harbiy joylashtirilgan.

Mavzu
Ukraina mojarosi
2020 yil mart oyi oxirida ukrainalik harbiylar Donbassdan berilgan artilleriya zarbalari qurboni bo‘ldi. Aprel oyi boshida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini to‘play boshladi.
Barchasi
Top