Ukrainada uruşning 804-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Vladimir Putin beşinçi muddatga prezidentlik lavozimiga kirişdi va öz nutqida uruş iştirokçilariga minnatdorçilik bildirdi.
  • Olaf Şols Yevroittifoqdagilar Rossiya aktivlaridan keladigan daromadlarni Ukrainaning harbiy ehtiyojlari uçun foydalaniş böyiça kelişib olişganini ma’lum qildi.
  • Rossiya boş prokuraturasi Freedom House huquq himoyaçilari taşkilotini «istalmagan» taşkilot deb e’lon qildi.
  • The Independent gazetasi xabar berişiça, Rossiya Qrim köprigidan qurollar taşişda foydalanişni töxtatgan.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati FSB josuslari tarmoği foş etilgani haqida xabar berdi. Maxsus xizmatlar tasdiqlaşiça, ular Volodimir Zelenskiyga suiqasd uyuştirişga tayyorlanişgan.
  • Belarusda taktik yadroviy qurollarni «tösatdan tekşiriş» boşlandi.

Okkupatsiya qilingan Avdiyivkadagi vayrongarçiliklar

Rossiya qöşini Donetsk oblastidagi Avdiyivka şahrini fevral oyi oxirida egallab olgandi. Bir neça oy davomida olib borilgan janglar vaqtida Avdiyivka jiddiy zarar körgan. Köplab binolar töliq vayron bölgan. Mart oyida RF vitse-premeri, hukumatda boşqa sohalar qatori quriliş kompleksini nazorat qiladigan Marat Xusnullin Avdiyivka haqida şunday degandi: «Şahar xuddi Mariupol kabi şikastlangan. Işonçim komilki, bizning jasur harbiy xizmatçilarimiz töqnaşuv çiziğini ortga surişi bilan barçasini tezkorlik bilan tiklaş imkoni böladi». Avdiyivkani «tiklaş» işlari hali boşlanmagan, ammo allaqaçon Rossiyaning unga «otaliq» qiladigan regioni belgilab olingan — bu Çelyabinsk oblasti böladi. Quyida Avdiyivkaning bugungi kundagi manzaralari aks etgan suratlar keltiriladi.

Dmitriy Yagodkin / TASS / Profimedia