Jamiyat | 13:00 / 22.04.2021
13018
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dunyoning TOP 1000 talik universitetlar xalqaro reytingiga kirdi

2021 yil 21 aprel kuni Buyuk Britaniyaning oliy ta'lim sohasidagi universitetlar faolligini baholab boruvchi Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi o‘zining navbatdagi “THE Impact Ranking-2021” natijalarini e'lon qildi. 

Mazkur reytingda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) dunyo universitetlarining umumiy reytingida 45.3 ball bilan 801 o‘rinda qayd etilib, jami 17 ta BRM yo‘nalishidan quyidagi 13 tasi bo‘yicha yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi:

  • BRM 1 – qashshoqlikni yo‘qotish (no poverty) bo‘yicha 591 OTM orasida 401+ o‘rin;
  • BRM 2 – ochlikni tugatish (zero hunger) bo‘yicha 442 OTM orasida 201-300 o‘rin;
  • BRM 4 – sifatli ta'lim (quality education) bo‘yicha 966 OTM orasida 401-600 o‘rin;     
  • BRM 5 – gender tengligi (gender equality) bo‘yicha 776 OTM orasida 601+ o‘rin;
  • BRM 6 – toza suv va sanitariya (clean water and sanitation) bo‘yicha 520 OTM orasida 301-400 o‘rin;
  • BRM 7 – arzon va toza energiya (affordable and clean energy) bo‘yicha 560 OTM orasida 401+ o‘rin;
  • BRM 8 – munosib ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish (decent work and economic growth) bo‘yicha 685 OTM orasida 601+ o‘rin;
  • BRM 9 – sanoatlashtirish, innovatsiyalar, infratuzilma (industry, innovation and infrastructure) bo‘yicha 680 OTM orasida 401-600 o‘rin;
  • BRM 10 – tengsizlikni kamaytirish (reduced inequalities) bo‘yicha 669 OTM orasida 301-400 o‘rin;
  • BRM 12 – mas'uliyatli iste'mol va ishlab chiqarish (responsible consumption and production) bo‘yicha 503 OTM orasida 401+ o‘rin;
  • BRM 13 – iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish (climate action) bo‘yicha 566 OTM orasida 301-400 o‘rin;
  • BRM 15 – quruqlikdagi ekotizimlarni asrash (life on land) bo‘yicha 402 OTM orasida 301-400 o‘rin;
  • BRM 17 – barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik (partnership for the goals) bo‘yicha 1154 OTM orasida 401-600 o‘rin.

Mazkur reytingning asosiy maqsadi Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirishda oliy ta'lim muassasalarining (OTM) ta'sirini baholashdan iboratdir.

Ma'lumot uchun, Barqaror rivojlanish maqsadlari – 2012 yilda BMT tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo‘lib, u har bir inson uchun farovon turmush tarzini yaratishga xizmat qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur maqsadlar BMTga a'zo barcha davlatlar tomonidan 2015-2030 yillarda amalga oshirilishi kun tartibiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, THEning 2020 yilda e'lon qilingan reytingi bo‘yicha TIQXMMI faqat 2 yo‘nalishda: toza suv va sanitariya (6.clean water and sanitation) hamda quruqlikdagi ekotizimlarni asrash (15.life on land) dunyo universitetlarining reytingida o‘rin qayd etgan edi.

Ma'lumki, THE xalqaro reyting agentligi 2004 yildan boshlab dunyo universitetlari reytingi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning bu boradagi asosiy hamkorlari “Thomson Reuters” – yetakchi xalqaro axborot agentligi hamda “Elsevier” – yirik ilmiy nashriyot kompaniyasi hisoblanadi.

TIQXMMI matbuot xizmati

Mavzuga oid