09:59 / 23.04.2021
1769
O‘zbekiston MDHning sanoat sohasidagi bitimiga qo‘shildi

Prezidentning «Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

MDH ishtirokchi-davlatlarining sanoat sohasida hamkorligi va sanoat siyosati bo‘yicha kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim 2012 yil 30 mayda Ashxobod shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Bitim taraflari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qiladi:

  • sanoat siyosati bo‘yicha qarorlarni o‘zaro kelishilgan holda ishlab chiqish;
  • sanoat sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha MDH doirasida qabul qilingan xalqaro shartnomalar va qarorlar ijrosini ta'minlash;
  • bitim ishtirokchi-davlatlarining alohida sanoat tarmoqlari bo‘yicha hamkorlik asosiy yo‘nalishlarini belgilash, sanoat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini kelishish, qo‘shma dasturlar va loyihalar ro‘yxatini shakllantirish;
  • sanoat tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan sanoat sohasidagi hamkorlikdagi xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.

Top