“Toşkent şahrida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini taşkil etiş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Toşkent şahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi taşkil etiladi. Unig faoliyat yuritiş muddati 30 yil deb belgilandi.
MSZ faoliyati davomida uning iştirokçilariga maxsus iqtisodiy zonalari iştirokçilari uçun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boşqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
MSZni boşqariş uçun mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklida “Yangi avlod” boşqaruvçi kompaniyasi taşkil etiladi.
“Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylaştiriş uçun zarur bölgan yer uçastkalari boşqaruvçi kompaniya tomonidan Ye-auksion elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
MSZ hududida 2025 yil yakunigaça 1,5 milliard AQŞ dollari miqdorigaça töğridan töğri çet el investitsiyalari özlaştirilişi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratilişi ta’minlanadi.
















