«Dunyo» xabariga köra, maqolada 2023 yilda sanoat zonalarida joylaşgan korxonalar tomonidan 53,4 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilib, 972 million dollarlik eksport amalga oşirilgani qayd etilgan.

2024 yilda sanoat zonalarida 841 ta loyihani işga tuşiriş rejalaştirilgan. Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 1 yanvar holatiga köra, mamlakatda 766 ta sanoat zonasi, jumladan, 24 ta maxsus iqtisodiy zona, 532 ta kiçik sanoat zonasi, 210 ta yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonalari taşkil etildi. Mazkur obektlarning boş rejalariga muvofiq investitsiya loyihalari uçun umumiy maydoni 11 ming 952,1 gektar yer ajratilgan.

«Sanoat zonalarida amalga oşirilayotgan işlar kölami yildan yilga kengaymoqda. 2024 yilda sanoat zonalarida 841 ta loyihani işga tuşiriş rejalaştirilgan. Bu 2023 yildagi körsatkiçdan (965 ta loyiha) 124 taga kam bölsa-da, bu özgariş yangi taşkil etilgan işlab çiqariş quvvatlarining yiriklaşişi va iş örinlari sonining ança köpayişi bilan boğliq. Masalan, sanoat zonalarida 2023 yilda amalga oşirilgan loyihalarning umumiy qiymati 9,7 trillion sömni taşkil etgan bölsa, 2024 yilda uşbu maqsadlar uçun 13,3 trillion söm jalb etiladi», — deyiladi maqolada.