15:32 / 27.04.2021
3986
Farg‘ona shahar hokimining ikki nafar o‘rinbosari yangilandi
Foto: KUN.UZ

Farg‘ona shahar hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ga hokimlik axborot xizmati xabar berdi. 

Azizbek Abdullayev Abduqahhorovich Farg‘ona shahar hokimining tegishli buyrug‘i bilan Farg‘ona shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

A.Abdullayev 2020 yildan shu kunga qadar viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i  o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Farhodjon Abdillazov Mo‘ydinovich Farg‘ona shahar hokimining tegishli buyrug‘i bilan Farg‘ona shahar hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

F.Abdillazov 2018 yildan shu kunga qadar Farg‘ona shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

  • Eslatib o‘tamiz, prezidentning shu yil fevral oyida Farg‘ona viloyatiga tashrifi ortidan Farg‘ona shahrining to‘rtta sektor rahbari — shahar hokimi, prokuror, IIB boshlig‘i va tuman soliq inspeksiyasi rahbari o‘zgargandi.
Top