09:05 / 27.04.2021
3512

Navoiylik qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan navoiylik qizlarni fohishalik uchun Turkiya davlatiga yubormoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz'ga Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi, o‘z hamtovoqlari orasida «Go‘zal» taxallusi bilan nom qozongan fuqaro viloyat hududida yashovchi qizlarni shahvoniy maqsadda ishga taklif qilish orqali Turkiya davlatiga yuborishni ko‘zlab yurganlik holati aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Go‘zal» Qiziltepa tumanida yashovchi 30 yoshli K.T.ni Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahri orqali Turkiyaga olib ketib, fohishalikka yollash maqsadida Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, «Madaniyat» xalqaro chegara o‘tkazish punkti orqali olib o‘tib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top