Toşkent şahri IIBB 2024 yilning dastlabki 3 oyida 1068 nafar ayol fohişalik bilan şuğullangani uçun qölga olingani haqida xabar berdi.

«Örganişlar jarayonida aniqlanişiça, javobgarlikka tortilganlarning 92,8 foizi (992) nafari viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan», — deyiladi IIBB xabarida.

Bundan taşqari, 209 kişiga nisbatan qöşmaçilik qiliş yoki fohişaxona saqlaş bilan boğliq holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan

Fohişalik bilan şuğullaniş Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 190-moddasiga köra ma’muriy huquqbuzarlik deb baholanadi va bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga ma’muriy qamoqqa olişga sabab böladi.