Özbekiston prezidenti farmoyişi bilan Nazarov Sunnatilla Amirillayeviç Navoiy viloyati soliq boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda Soliq qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sunnatilla Nazarov 1984 yilda Samarqand viloyati Iştixon tumanida tuğilgan. 2005 yilda Buxoro soliq kollejini, 2009 yilda Soliq akademiyasini, 2018 yilda Bank-moliya akademiyasini soliqqa tortiş inspektori, soliqlar va soliqqa tortiş mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Iqtisod fanlari böyiça falsafa doktori.
Tayinlovga qadar S.Nazarov Navoiy viloyati soliq boşqarmasi boşliği örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Navoiy viloyati DSBga esa 2021 yil aprelidan buyon Anvar Botiraliyev rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot yöq.
Oldinroq Namangan viloyati soliq boşqarmasiga yangi rahbar tayinlangani xabar berilgandi. 17 aprel kuni esa Qaşqadaryo hamda Samarqand viloyatlari soliq boşqarmalariga yangi boşliqlar tayinlangandi.













