14:32 / 29.04.2021
8447
«Leypsig» yangi bosh murabbiyini e'lon qildi

Germaniyaning «Leypsig» klubi jamoani tark etishi aniq bo‘lgan Yulian Nagelsmann o‘rniga yangi bosh murabbiyni e'lon qildi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, yangi mavsumdan boshlab Avstriyaning «Red Bull Zalsburg» klubi bosh murabbiyi Jyessi Marsh «Leypsig»ni boshqaradi. Klub 47 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolanganini e'lon qilgan.

Avvalroq, «Bavariya» Nagelsmanni bosh murabbiy sifatida e'lon qilib, 33 yoshli murabbiy yangi mavsumdan ish boshlashi hamda u bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolangani haqida xabar bergandi.

Ma'lumot uchun, Myunxen klubi Yulian Nagelsmann uchun «Leypsig»ga 25 million yevro tovon puli to‘laydi.

Top