17:36 / 01.05.2021
846
Beshariqda qurilgan namunali uy kamchiligi uchun 45 mln so‘m mablag‘ sarflandi
Foto: O‘zA

Farg‘ona viloyati Beshariq tumani "Abduvay" MFYda fuqarolar uchun “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Farg‘ona viloyati filiali buyurtmachiligida 2018 yil manzilli dasturiga muvofiq 12 dona bir qavatli 0,02ga maydonli uch xonadonli uylar qurilishi boshlanadi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu uylardagi qurilish ishlaridagi kamchiliklar yakuniga yetkazilmasdan qolib ketganligi va oradan 3 yil o‘tsa ham, bu kamchiliklar bartaraf etmasdan kelinayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Mazkur hududda yashovchi fuqarolar yangi qurib bitkazilgan uylardagi nuqsonlar bartaraf etilmaganligi uchun ko‘chib kirisholmayotgani, shunday bo‘lsa-da, to‘lovlarni to‘lab kelishayotganligidan norozi bo‘lib, kamchiliklarni bartaraf etishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir nechta davlat idoralariga murojaat qilsa ham, natija bo‘lmaydi.

Ushbu holatlardan norozi bo‘lgan fuqaro I.K. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qiladi.

«Murojaatni o‘rganish natijasida Beshariq tumani "Abduvay" MFY massividagi maydoni 0,02 ga bo‘lgan 12ta namunali xonadonlarda qurilishni amalga oshirgan MChJ tomonidan qurilish-ta'mirlash ishlari qaytadan o‘tkazilib, 28ta singan va yaroqsiz holga kelgan eshiklar yangisiga almashtirildi, 2ta suv isitgich (ariston), 2ta havo tortgich, 10kv. metr akfa eshiklar, 36ta eshik qulflari, 6ta yuvinish smesitellari, 4ta qo‘l yuvish smesitellari, 1ta hojatxona qurilmasi, 2ta gaz plitalari va 5 kv. metr singan oynalar qayta o‘rnatildi», – deydi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati xodimi Ahadjon Mo‘ydinov.

Shuningdek, issiqlik tizimidagi 108ta radiatorlar to‘liq o‘rnatilib, ish rejimiga keltirilgan. Uylarni fasad va ichki qismlarini ta'mirlash uchun 500 kv. metr suvli bo‘yoq va 100 kv. metr bo‘yoq ishlari amalga oshirilishi natijasida 45 mln so‘m mablag‘ sarflangan.

Top