Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada YTHda ikki kishi vafot etdi
Beshariq tumani va Farg‘ona shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisalarida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.
Farg‘ona viloyatida yuz bergan ikki yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda IIV xabar qildi.
7 yanvar kuni soat 14:00 larda Beshariq tumanidan o‘tgan 4K-896 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida Nexia qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Shu sabab u o‘z yo‘nalishida kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Nexia yo‘lovchisi jarohat olib shifoxonada vafot etgan.
Shuningdek, 8 yanvar kuni Farg‘ona shahar Yangi asr ko‘chasida yo‘l chetida harakatlanib kelayotgan ikki piyodani 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt urib ketgan. Oqibatda piyodalarning biri voqea joyida vafot etgan, ikkinchisi shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
10:25
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026