“Beşariq tumanining Qoraböyin qişloğida yaşayman. Yoşim 56 da. Turmuş örtoğim rözğor kamçiliklari, yaşayotgan uyimizda şaroit yöqligi uçun 2 yil avval bizni taşlab ketgan. Şundan beri öğlim bilan yaşayman. Farzandimga ham ota, ham onaman.


Mardikorlik qilib kun köraman. Qöşnilarimning yumuşini qilib beraman, quduq qazaman, quriliş işlari ham qölimdan keladi. Iqboljon maktabdan kelsa uy eşigini oçib berib yana işga ketaman. Öğlim qarovsiz qolmasin deb atay uyimga yaqin joylardan iş topişga harakat qilaman.

Onasiz farzand katta qiliş juda qiyin. Öğlim maktabdan kelsa ovqat qiliş, uy supuriş, kiyimlarini yuviş kerak böladi. Ayrim vaqtlar böladiki, uy yumuşlaridan ortib işga çiqa olmayman. Vaqti kelib öğlimni öqitib, işli qilsam deyman.

Işimga qarab bir kunda 50-100 ming söm pul topaman. Gohida iş bölmay qolsa ovqat qilişga pul yöqligidan non-çoy bilan kunni ötkazamiz. Aka-ukalarim bor. Lekin özlaridan ortib menga yordam bera olmaydi.


Mardikorlik qilib yurib pul jamğarib ikki qöy olgan edim. Yaqinda ularni sotib buzoq va eçkiga aylantirdim. Jonivorlarni parvarişlab sotib yangi imorat kötarmoqçiman.
Bu hayotda yolğiz öğlim suyançim. Maktabga ketsa uy huvullab qoladi. Qaytişini intiqlik bilan kutaman. Onasi har zamon qönğiroq qilib farzandining hol-ahvolini sörab turadi. U boşqasiga turmuşga çiqib ketgan. Öğlim biror marta onasini soğingani haqida aytmagan.

Tong sahar uyğonib öğlimga nonuşta tayyorlayman. Kiyintirib sumkasiga bir töğram non solib maktabga jönataman. Maktabdan uyga qaytib keliş paytida qayerda işlayotgan bölsam-da uyga yetib kelişga harakat qilaman. Qöşnimga tayinlab qöyganman. Öğlim maktabdan qaytişi bilanoq menga bu haqda xabar berib qöyadi.














