20:51 / 07.05.2021
18473
Dunyoning eng qimmat sport klublari reytingi e'lon qilindi

Ro‘yxatdan to‘rtta sport turi bo‘yicha jamoalar o‘rin olgan: 26ta MFL, to‘qqiztadan basketbol va futbol hamda oltita beysbol klubi. 

Foto: Getty Images

Forbes jurnali dunyoning eng qimmat 50ta sport klubi reytingini e'lon qildi.

O‘tgan bir yil ichida eng qimmat sport klublari yuqori uchtaligi o‘zgarishsiz qoldi. Ro‘yxatni «Dallas Kovboys» (Milliy futbol ligasi, MFL) klubi boshqarmoqda. Uning narxi 5,7 mlrd dollar deb baholangan.

Keyingi o‘rinda narxi 5,25 mlrd dollar deb baholangan «Nyu-York Yankis» beysbol klubi joylashgan. Yuqori uchtalikni «Nyu-York Niks» (5 mlrd dollar) basketbol klubi yakunlab beradi.

Top-5talikka «Barselona» (4,76 mlrd dollar) va «Real» (4,75 mlrd dollar) klublari kirgan.

Ro‘yxatdan to‘rtta sport turi bo‘yicha jamoalar o‘rin olgan: 26ta MFL, to‘qqiztadan basketbol va futbol klublari hamda oltita beysbol klubi. 

Top