2019-2023 yillarda 77 nafar sportçining kelişilgan öyinlardagi iştiroki aniqlangan.
Özbekistonda 2019-2023 yillarda 30 nafar futbolçi va hakamlar, 8 nafar murabbiy, 7 nafar futbol klublari rahbari va 2 nafar futbol klubi ma’muriyati xodimi – jami 77 nafar sportçining kelişilgan öyinlarda iştirok etgani aniqlanib, tegişli çoralar qöllangan.
ÖzA xabariga köra, endilikda bunday holatlarning oldini oliş maqsadida qonunçilikda jinoiy javobgarlik masalasi közda tutilmoqda. Jinoyat kodeksi tegişli moddalar bilan töldirilib, sport musobaqalari iştirokçilari va taşkilotçilarining qonunga xilof ravişda moddiy qimmatliklar olişi yoki mulkiy manfaatdor bölişi hamda sport musobaqalari iştirokçilari va taşkilotçilarini pora evaziga oğdirib oliş uçun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Uşbu tartiblarni öz içiga olgan «Sport sohasida korrupsiyaning oldini oliş maqsadida Jinoyat kodeksiga qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi ayni paytda parlament quyi palatasida körib çiqilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan milliy qonunçilik zamonaviy xalqaro standartlar va ilğor xorijiy tajribani inobatga olgan holda yanada takomillaşadi. Sohada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat şakllanadi, javobgarlikning muqarrarligi ta’minlanadi.












