O‘zbekistonda barcha OTM ta’lim yo‘nalishlariga yangi fan kiritilishi kutilyapti
2025-2026-o‘quv yilidan boshlab “Jismoniy tarbiya va sport” fani mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining ta’lim yo‘nalishlariga joriy etiladi.
"Surxondaryo viloyatida yoshlarni sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Surxondaryo viloyatida baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston ROWING & CANOE federatsiyasiga hududiy bo‘linmasini tashkil etish tavsiya etiladi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda:
2024 yil 1 dekabrga qadar Termiz tumanidagi “Uchqizil” suv omborida baydarka va kanoeda eshkak eshish xalqaro sport bazasi tashkil etilishini va foydalanishga topshirilishini ta’minlaydi;
sport ta’lim muassasalari ixtiyoridagi sport inshootlari va suzish havzalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sport ta’lim muassasalarida ehtiyojga ko‘ra qo‘shimcha sport turlari va guruhlarini ochish, yuqori malakali va tajribali murabbiylarni jalb etish, sport natijadorligini oshirish choralarini ko‘radi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab, tajriba sifatida Surxondaryo viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasiga “Jismoniy tarbiya va sport” fani kiritiladi;
b) 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab “Jismoniy tarbiya va sport” fani mulkchilik shaklidan qat’iy nazar respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarining ta’lim yo‘nalishlariga joriy etiladi;
barcha oliy ta’lim muassasalari (shu jumladan, xorijiy va nodavlat) talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi nominatsiyasi bo‘yicha “Talabalar jismoniy tayyorgarligi rivojlangan eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
14:36 / 07.11.2024
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
20:22 / 21.10.2024
Yengil kasalliklarni dori bilan davolashga o‘rganib qolishning oldi olinadi
20:31 / 20.09.2024
Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin
19:21 / 13.09.2024