16:09 / 07.05.2021
7458
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aprel oyida 113 mln 607 ming dollarlik mahsulot eksport qildi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan o‘tgan aprel oyida yuqori mehnat samaradorligiga erishilishi barobarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportida ham salmoqli natijalar qayd etildi.

OKMK Metallurgiya xomashyosi bilan ta'minlash va sotish boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, aprel oyida 8948 tonna mis mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan. Yanvar-aprel holatiga ko‘ra 31 455 tonna mis mahsuloti eksport qilingan holda o‘sish sur'ati 103 foizni tashkil etmoqda.

O‘tgan oyda shuningdek, importyorlarga 7180 tonna mis katodi(reja 102,6 foiz), 1366 tonna mis katankasi(reja 341,5 foiz), 403 tonna(134,3 foiz) mis quvurlari yuborilgan.

Jahon bozorida talabgir hisoblangan rux metalli eksporti borasida rejaviy vazifa 139,8 foizga uddalanib, 6989 tonna rux xorijiy xaridorlarga jo‘natilgan.

Aprel oyi uchun 800 tonna mis kuporosi eksporti rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 1289 tonna mahsulot importyorlarga yetkazib berilgan holda reja 161,2 foizga uddalangan.

Yana bir salmoqli natija sulfat kislotasi eksportida kuzatilmoqda. 8395 tonna ushbu mahsulot xorijiy hamkorlarga yuborilib, reja 322,9 foizga uddalanganini alohida ta'kidlash joiz.

Shuningdek, 8360 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati eksport qilingan holda 57 foizlik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Aprel oyida ham rejaviy vazifani yuqori ko‘rsatkichlarda oshig‘i bilan bajarish holati molibden mahsulotlari eksportida kuzatilmoqda. Bashorat ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘tgan oyda 60 tonna ushbu metall xaridorlarga yetkazib berilishi kerak edi. Amalda 69 tonna molbiden mahsulotlari eksport qilinib, reja 115 foizga uddalangan.

Shuningdek, reniy, rux kuporosi, kadmiy, volfram, palladiy kabi mahsulotlar eksportida ham belgilangan natijaga erishilgan.

Qurilishda muhim sanalgan sement eksportida ham salmoqli natijaga erishilgan. Xususan, 1088 tonna portlandsement eksport qilinib, 146,8 foizlik o‘sish sur'ati kuzatilgan. 22092 tonna sement importyorlarga yetkzib berilgan holda, o‘sish sur'ati 101,1 foiz bo‘lgan.

2021 yilning aprel oyida 113 mln 607 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, reja 157,4 foizga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz. 2021 yil yanvar-aprel holati bo‘yicha 344 mln 555 ming AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, reja 160,8 foizga uddalangan. O‘sish sur'ati esa 154,6 foiz.

Eslatib o‘tamiz, kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarni qamrab olgan.

Shuningdek, OKMK Metallurgiya xomashyosi bilan ta'minlash va sotish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Zokirovning ta'kidlashicha hozirda jumladan, Qatar, Avstraliya kabi davlatlarga ham mahsulot eksporti amalga oshirilgan. Dubay va Janubiy Yevropa hududiga chiqish mo‘ljallanmoqda.

Davlat aktivlari boshqarish agentligi ma'lumotiga ko‘ra Olmaliq kon metallurgiya kombinati 2020 yildagi murakkab pandemiya sharoitiga qaramay eng ko‘p foyda olgan korxona sifatida e'tirof etildi

OKMK Axborot xizmati

Top