O‘zbekiston | 07:53 / 10.05.2021
18478
3 daqiqa o‘qiladi
«Zomin» turistik zonasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjat prezidentning 2021 yil 6 apreldagi "Zomin" turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi (turistik zona) chegaralari tavsifi;
- "Suffa platosi.2 400" xalqaro umummavsumiy kurorti va "O‘riklisoy" turizm majmuasi chegaralari tavsifi;
- "Zomin" turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasi;
- "Zomin" turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish hamda hududda turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi;
- "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi va unga qadar bo‘lgan hududda yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi.
Turistik zonaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi:
- turistik zonada maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlar investitsiyalarini jalb qilish;
- hudud ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda, o‘ziga xos turistik yo‘nalishlarni tashkil etish;
- hududda yangi transport infratuzilmasini rivojlantirish;
- turistlar xavfsizligi qo‘shimcha sharoitlarini yaratish;
- turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari hamda investorlar uchun belgilangan alohida bojxona va soliq rejimlarini ta'minlash;
- energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish;
- hududda noyob tabiiy obektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlar genetik fondini saqlash.
Shuningdek, hujjat bilan "Zomin" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" DUK tashkil etildi va uning ustavi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024
2024 yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
17:47 / 15.10.2024