13:59 / 11.05.2021
8874
«Uzbekistan Airways» bir nechta samolyotni sotuvga qo‘ydi 

«Uzbekistan Airways» bir qator aviatsiya texnikasini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda aviakompaniya tegishli e'lon berdi.

Qayd etilishicha, bu «Uzbekistan Airways» AJ samolyot parkini yanada takomillashtirish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Aviakompaniya quyidagi samolyotlarni sotib olish uchun taklif qilyapti:

Il-76TD (5 ta), 1982-1992 yillarda ishlab chiqarilgan;

  • Il-114−100 (7 ta), 1999-2013 yillarda ishlab chiqarilgan;

  • Il-114 KTS kompleks trenajyori;

  • Boeing 757−200 (2 ta), 1999 yilda ishlab chiqarilgan;

  • Boeing 767−3CBER (2 ta), 2003-2004 yillarda ishlab chiqarilgan;

  • Boeing 767-300BCF (2 ta), 1996-1997 yillarda ishlab chiqarilgan;
  • VIP salonli MI-8MTV-1 vertolyoti.

Kompaniya ushbu samolyotlarni sotishga birinchi marta urinayotgani yo‘q. Xuddi shu Boeing va Il samolyotlari 2019 va 2020 yillarda sotib olish uchun taklif qilingan. 

Top