18:33 / 13.05.2021
12030
Kriptomilliarder Hindistonga 1 milliard dollar xayriya qildi

Dunyodagi eng yosh kriptovalutadagi milliarder, Ethereum loyihasi asoschilaridan biri Vitalik Buterin Hindistonga koronavirusga qarshi kurashga 1 mlrd dollar xayriya qildi.

Foto: John Phillips / Getty Images

Forbes nashrining xabar berishicha, pullar Hindistonga kriptovalutada o‘tkazilgan. Ularni India COVID-Crypto Relief kompaniyasi va boshqa tashkilotlar olgan.

Buterin bir tranzaksiya bilan qiymati o‘sha vaqtda 1,2 mlrd dollarni tashkil qilgan 50 trlnta Shiba Inu tokenini Hindistonga o‘tkazib bergan. Biroq aytish joiz, o‘tkazmadan keyin Shiba Inu tokenlari kursi 30 foizdan ko‘proqqa tushib ketgan.

Hindistonda oxirgi ikki haftada koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat kuzatilmoqda. Buning ortida ko‘plab davlatlar va odamlar mamlakatga yordam berishga qaror qildi.

Top