16:00 / 14.05.2021
26729
Xavfsiz, qulay va sifatli quloqchin sotib olmoqchimisiz? – LG TONE Free simsiz quloqchinlarini tanlang
Foto: LG Electronics

Musiqiy did – inson o‘zini namoyon qila oladigan vosita hisoblanadi. Istalgan musiqa janri: xoh klassika bo‘lsin, xoh xip-xop yoki rok yoxud jaz, qaysi bo‘lishidan qat'i nazar, musiqa jarangini paydo qiladigan musiqiy asboblarni, vokal qismlarini his qila olish muhim. Bu esa quloqchin (naushniklar)siz bo‘lishi mumkin emas. Bunda sizga Britaniyaning Meridian Audio kompaniyasi ishlab chiqargan tiniq musiqiy atmosfera yarata oladigan LG TONE Free Bluetooth simsiz quloqchinlari yordam beradi.

TONE Free galeriyasida 2ta: FN4 va FN6 modelidagi quloqchinlar mavjud bo‘lib, ular oq va qora rangda, boshqa quloqchinlardan quvvatining uzoq muddatga yetishi, bakteriyalarni tozalash tizimi va boshqa qo‘shimcha funksiyalari bilan ajralib turadi.

Agar qiziqayotgan bo‘lsangiz, LG TONE Free simsiz quloqchinlari faqat sifatli ovozdan tashqari yana qanday qulayliklar berishini sanab o‘tamiz.

Quvvatlab olingandan so‘ng uzoq muddat ishlatish imkoni

Har ikkala model: FN4 va FN6 ham maksimal darajada 18 soatgacha quvvat olmasdan ishlab bera oladi.

Suvga chidamlilik

TONE Free quloqchinlarining barcha modellarida IPX4 himoya tizimi mavjud. Yomg‘ir yoki suv sachrashi unga zarar yetkazmaydi. Demak, siz bu quloqchinni taqib sayr qilib yurganingizda yomg‘ir yog‘ib qolishidan yoki jismoniy mashg‘ulotlarda terlab ketsangiz, shu sabab buzilib qolishidan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi.

Kam vaqtda quvvatlanish

Agar sizda quloqchinlarning ko‘p vaqt quvvatlanishi uchun vaqt bo‘lmasa, xavotir olmang. Masalan, kafeda ovqatlanayotgan bo‘lsangiz, quloqchinlarni 5 daqiqaga quvvat olishi uchun qo‘yishingiz mumkin. Shuning o‘ziyoq ularning 1 soat ishlashi uchun yetarli bo‘ladi. Bu TONE Free quloqchinlarining barcha modellariga xos.

Tibbiy jihatdan sifatli silikon quloq yostiqchalarga egalik

Quloqchinlar tibbiy darajadagi yumshoq gipoallergenli silikon yostiqchalarga ega. Bu yostiqchalar TONE Free quloqchinlarini kun davomida ishlatadigan insonning ham qulog‘i og‘rib qolmasligiga yordam beradi.

Bakteriyalardan tozalash tizimi

FN6 modeli UVnano texnologiyasi asosida ishlangan maxsus quvvatlovchi qutiga ega. Unda quloqchinlar quvvat olayotgan bir paytda ultrabinafsha nurlari yordamida quloqchindagi turli bakteriyalar 99,9 foizga tozalanadi.

Xavfsizlik rejimining mavjudligi

TONE Free'ning barcha modeldagi quloqchinida atrof-muhitni eshitishga imkon beradigan xavfsizlik rejimi mavjud. Masalan, yo‘ldan o‘tayotganda, avtobusda yoki suhbat bo‘layotgan joyda bu rejimni yoqib qo‘yib tashqi muhitdagi ovozlarni ham parallel eshitish mumkin. Agar bu rejim o‘chiq bo‘lsa, sizni tashqi shovqinlar bezovta qilmaydi. Faqatgina musiqaga xos atmosfera shakllanadi, tashqi tovushlar bloklanadi. Hatto odam gavjum kafe yoki avtobusda ham musiqaning o‘zinigina tinglashingiz mumkin.

Avtomatik o‘chib-yonish

LG TONE Free kolleksiyasidagi barcha quloqchinlar quloqqa taqilgach avtomatik tarzda yonadi va qo‘shiq aytishni boshlaydi. Yoki aksincha, ularni yechib qo‘ysangiz o‘zi avtomatik tarzda smartfondan uziladi va musiqa o‘chadi. Bu kun davomida bir necha marta quloqchinni o‘chirib yoqadiganlar uchun, ayniqsa, qulay.

Xullas, LG TONE quloqchinlarini sotib olsangiz, siz faqatgina Meridian kompaniyasiga tegishli sifatli ovoz yetkazib beradigan vositani emas, balki bir dunyo qulayliklarni ham qo‘lga kiritasiz.

Sayt: lgblog.uz
Instagram: instagram.com/lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top